Tundra tuproqlari

Tundra tuproqlari – tundra zonasida aksari botqoqlangan tuproqlar. Tundra tuproqlari yupqa (ba’zan ko`pi bilan 5 sm), chirindisi kam (1-2%) bo`ladi. Tundra tuproqlari ko`p yillik to`ngan zamin ustida iqlim sovuq, nisbiy namlik katta sharoitda paydo bo`lgan. Bunday sharoitda o`simlik qoldiqlari parchalanishga ulgurmay torfga aylanadi. Tundra tuproqlari Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida, Grenlandiyaning janubiy qismida, Shimoliy Muz okeanidagi ba’zi orollarda uchraydi.