Tuproq bonitirovkasi

Tuproq bonitirovkasi (lot. bonitas — sifatlilik) — tuproq unumdorligini qiyosiy baholash. T.b. 100 ballik shkala bo’yicha ifodalanadi. T.b.ning asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga karab tasniflahdir. T.b. tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, ya’ni qishloq xo’jaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Shuningdek, T.b.da dalaning o’lchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va b. ham hisobga olinadi. T.b. erni iqtisodiy baholash, er kadastrini yuritish, meliorasiya hamda dehqonchilik sistemasini takomillashtirish va b. uchun zarur. Tabiiy xossalari ekinining eng yuqori hosildorligini ta’minlaydigan tuproqlar a’lo baholanadi. Bunda sug’oriladigan erlarda tuproqning madaniylik darajasi, qadimdan sug’orib kelinganligi, genetik tipi baho mezonlari hisoblanadi. Tuproklarning dehqonchilik uchun noqulay xususiyatlari (sho’rlanish, eroziya darajasi, botqoqlanish va b.) bonitirovka koeffisientini pasaytiradi. Mas., kam sho’rlangan tuproklar — 0,75, o’rtacha sho’rlanganlari — 0,70, kuchli sho’rlanganlar — 0,60 koeffisientga ega. Ekstensiv dehqonchilik sistemasida, mas., lalmikor g’allachilikda oddiy agrotexnika, mineral o’g’itlarni chegara-langan miqdorda qo’llash tufayli ekinlarning xreildorligi T.b.ning integral ifodasi hisoblanadi. Ad.: Konobeeva G.M., Pochvi Uzbekistana, IX rayonirovanie i kachestvennaya Otsenka, T., 1985.