Tuproq eritmasi
Tuproq eritmasi – tuprokning suyuk tarkibiy kismi; unda mineral va organik moddalar erigan holda bo’ladi. T. e.ning tuproq namlanganlik darajasiga karab kapilyar, gravitasion va pardasimon shakllari mavjud. T.e. juda o’zgaruvchan bo’lib, u o’simliklar ozikdanishida va tuprok moddalarning aylanishida, tuprok hosil bo’lish jarayonida, fizikkimyoviy, biokimyoviy reaktsiyalarning borishida ishtirok etadi. T.e.da o’simliklar uchun zarur ozik moddalar (ammoniyli tuzlar, nitratlar, shuningdek, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va b. elementlarning suvda eruvchi tuzlari), gazlar (O2, SO2, N, NH3) va organik moddalar mavjud. T.e.da tuzlarning ko’p bo’lishi uning osmotik bosimini oshirib, o’simlikning tuprokdan nam va oziq moddalarni shimishini qiyinlashtiradi va fiziologik chanqoklikka sabab bo’ladi. T. e.ning reaktsiyasi uning eng muhim xususiyatidir. Agar tuproq muhiti juda nordon yoki ishqorli bo’lsa, ekinlarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. (k. Tuproq nordonligi).