TUPROQ RESURSLARI

TUPROQ RESURSLARI – biologik resurslar bo’lib, ularning hosil bo’lishi halok bo’lgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va yashash muhiti – litosferaning yuqori yumshoq qobig’i bilan bog’liqdir. Shuning uchun ular tirik organizmlarning to’plangan zaxiralari, biologik modda aylanib yurishi hajmi, tuproqning yillik organik qismi yoki gumus ko’rinishidagi mahsulotlar va chiqindilar bilan ajralib turadi.