Turbina
Turbina (Frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bug’, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga ta’sir qilib, uni aylantiradi. T.ning aktiv (faol) va reaktiv, bir va ko’p pog’onali turlari bor. Muqim (stasionar) bug’va gaz T.lari elektr toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), ta’minlash, yonilg’i va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qo’llanadi. Transport bug’va gaz T. laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz T.lari ham aviasiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar) sifatida, ba’zi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur bo’lganda) lokomotivlar (gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qo’llanadi. Gidravlik T.lar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi (gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli T.lar energetikada porshenli bug’mashinalarining o’rnini egalladi (q. Bug’turbinasi, Gaz turbinasi, gidroturbina).