Turdiyev Jonsaid

Turdiyev Jonsaid (1954.20.6, Toshkent viloyati Bo’ka tumani) — ish qahramoni (1998). Mehnat faoliyatini 1970 yilda Olmaliq shahridagi 14-avtobazada avtosozlovchi, haydovchi bo’lib ishlashdan boshlagan. 1973-75 yillarda harbiy xizmatda bo’lgan. 1975 yildan buen Olmaliq konmetallurgiya kombinatining «Qalmoqqir» konida dastlab ekskavator mashinisti yordamchisi, 1982 yilda mashinistlik kursini tugatgach, 8 kubometr hajmli ekskavator mashinisti bo’lib ishlay boshladi. Mehnatsevarligi tufayli ish rejasini muntazam oshirib bajarishga erihdi. U texnikaenergetika resurslarni tejamkorlik bilan ishlatishda yuqori ko’rsatkichlarga erishdi, o’z ekskavatori xizmat vaqtini 12 yildan 18 yilga uzaytirishga erishgan, ko’plab ekskavatorchi shogirdlar yetishtirgan.