Turfon soyligi, Turfon botig’i

Turfon soyligi, Turfon botig’i — Tyanshan tog’larining Sharqiy tarmoqlaridagi tektonik botiq, Xitoy hududida. Uz. 200 km, eni 70 km chamasida. T.s.ning eng cho’kkan qismi dengiz satxidan 154 m pastda, bu Osiyoning quruklik qismidagi eng past joy. Er yuzasi tekislik. Mezozoy va kaynozoyning qumgil yotqizikdaridan, tog’oldi chaqirtosh qatlamlaridan tuzilgan. Tubining bir qismi achchiqsho’r suvli ko’l. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq (iyulning o’rtacha trasi 33°, eng yuqori tra 47,6°), kishi sovuq (yanv. ning o’rtacha trasi -9,6°). Yiliga 20 mm gacha yog’in yog’adi. O’simliklar vaqtincha oqar soylar o’zanida uchraydi. T.s.ning ko’p qismi cho’ldan iborat, sho’rxoklar, chekkalarida vohalar bor. T.s.da Turfon sh. joylashgan.