Turk, turk zarb

Turk, turk zarb — 1) o’tmish musiqa risolalarida muayyan ritm tuzilmalari, doyra usullari (mas., Turkiy asli jadid, Turkii asli qadim, Turkii Xafif, Turkii sari’); 2) 3 qismdan iborat xalq kuyi. Uning 1qismi Chapandoz (Nasrulloyi), 2si Ufar, 3qismi Qashqarcha usulida ijro etiladi. Navoiyning «Mezon ulavzon» asarida ko’rsatilishicha, 15-a. larda mashxur xalq qo’shiklaridan biri Turkii deb atalgan; 3) mashhur avjlardan biri, avji T., T.II avj deb ham yuritiladi. Domla Halim Ibodov xabariga binoan, T. avjini bundan 300 y. muqaddam yashagan Navruz Ali ismli Hofiz yaratgan. T. Shashmaqom ashula yullarida, yirik shakldagi xalq kuy va ashulalarida ko’plab uchraydi. T. avji namud vazifasini bajarib, musiqa asarini shaklan kengaytirish va mazmunan boyitishda muhim rol o’ynaydi. T.ning kuy tuzilishi murakkab, u yoqimli, o’ta lirik kayfiyat baxsh etadi. Shashmaqomda Buzruk maqominingnasrulloyi,Savtisarvinoz (5 qismli) sho»balarida, navoning Savti Navo (5 qismli), Segohning Navro’zi Xoro, Mo’g’ulchai Segoh sho»balari va Fig’on1—2, Nimcho’poniy qismlari va b. da uchraydi. Ularning tarkibida T. kengaytirilgan yoki qisqa shakllarda keladi, turli doyra usullariga tushirilganda turlicha tusga kiradi. T. foydalanishga juda qulay bo’lib, ko’pincha kuy ladining VII pog’onasidan ulanadi. Bastakor va kompozitorlar asarlarida undan keng foydalanilgan: Karimqulbek («Karimqulbegi»), Hoji Abdulaziz («Guluzorim»), Rizqi Rajabiy («Ovoraman», «Yashnasun»), K.Jabborov («etmasmidi») va b. Ad.:Uspenskiy V.A., Nauchnoe nasledie. Vospominaniya sovremennikov. Pisma, T., 1980.