Turkan og’o maqbarasi

Turkan og’o maqbarasi, sho dimulk og’o maqbarasi — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan og’o vafot etgan qizi Shodimulk og’o (1370-71)ga atab qurdirgan. 1383 y.da Turkan og’oning o’zi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65×9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirg’ali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtog’i va ichki tomoni sirkori g’ishtchalar, o’ymakor sirli parchin bezaklari Feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 bo’lakka bo’linib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan to’ldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954 y.da ilmiy o’rganilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada 14— 15-a.lardagi xalq ustalarining me’morlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.