«Turkiston»

«Turkiston» — ijtimoiysiyosiy gazeta. Muasssisi: O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy qarakati. 1soni 1925 y. 8 Fev.da «Kizil O’zbekiston» gaz.ning 51soniga ilova tarzida chop etilgan. 1925 y. 18 apr.dan «Yosh leninchi» nomi bilan O’zbekiston L KSM tashkilot byurosining organi sifatida haftada 1 marta (8000 nusxada) mustaqil chiqa boshlagan. 1992 y. 1 yanv.dan hoz. nomda. 1929-35 y.lar nomuntazam, 1936-66 y.larda haftasiga 3 martadan chiqqan. Gaz. 1929-30 y.larda Samarqandda nashr etilgan. «T.»ning gaz. sifatida shakllanishida tashkilotchilardan Vladimir Glazkov, Ergash Bayxonboev, qalamkashlar Komiljon Alimov, Ayub A’zamov, Ziyo Sayd, Abdusalom Niyozov xamda o’zbek erlar bilim yurtining talabalari va b. ijodkorlarning hissasi katta bo’lgan. Sahifalarida o’zbek adabiyotining taniqli namoyandalari G’afur G’ulom, Mirtemir, G’ayratiy, Yashin, Uyg’un, Hamid Olimjon, Ziyo Sayd, Nazir Safarov, Oydin, Anqaboy va b.ning she’r, hikoyalari tez-tez chiqib turgan. 2-jahon urushi yillarida gaz.ning chiqishi vaqtincha to’xtatilgan. 1946 y.dan yana nashr etila boshlagan. «T.»ga turli davrlarda bois Koriev (Oltoy), Akmal Po’lat, Sotvoldi Yo’ldoshev, G’ani Jahongirov, Abdulazal Vahobov, Rustam Shog’ulomov, Jabbor Razzoqov, G’affor Hotamov, Abduqodir Niyozov va b. muharrirlik qilishgan. Gaz.da O’zbekiston yoshlari bilan bog’liq muammolar va ular erishgan yutuklar haqida maqolalar berib boriladi. 2003 y. iyunda «T.»va «Molodyoj Uzbekistana» gaz. larining Birlashgan taxririyati yuzaga kelgan. Adadi 17000 (2004).