Turkiston xalq konservatoriyasi

Turkiston xalq konservatoriyasi — O’rta Osiyoda birinchi musiqa o’quv yurti. 1918 yil Toshkentdagi Turkiston xalq universiteti qoshida tashkil topgan (tashkilotchisi E.Chernyavskiy, direktor V.Karelin). Fortepiano, skripka, xonandalik kabi ixtisosliklar bo’yicha boshlang’ich ta’lim berilgan. 1919 yil uning eski shahar bo’limi ochilgan (V.Uspenskiy). Faoliyati yoshlarga musiqa o’rgatish bilan birga kontsertijrochilik, targ’ibot ishlari bilan bog’liqbo’lgan. Turkiston xalq konservatoriyasiga o’xshash keyinchalik Buxoro, Samarkand, Farg’ona xalq konservatoriyalari ochilgan. Bular negizida 1920-yillar o’rtasida musiqa bilim yurtlari tashkil topgan.