Turkiya

Rasmiy nomi — Turkiya Respublikasi. Poytaxti — Anqara. Hududi — 779452 km.kv. Aholisi – 81 mln kishidan ortiq (2012yil). Davlat tili — turk. Dini — islom. Pul birligi — turk lirasi.   Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi g‘arbiy Osiyo (hududining katta qismi) va Janubi shar­qiy Yevropada joylashgan davlat. Mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlarini bir-biridan Bosfor, Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Marmar dengizi ajratib turadi. Janubda Suriya (chegaraning uzunligi — 822 km) va Iroq (331 km), sharqda Eron (499 km), shimoli-sharqda Armaniston (268 km), Gruziya (252 km), Ozarbayjon (Naxichevan viloyati — 9 km), shimoli g’arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz, g’arbda va janubi g‘arbda O’rtayer dengizi joylashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 2627 km. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 7200 km. Hududining katta qismini Kichik Osiyo va Armon tog‘liklari egallagan. Mamlakatning eng baland cho’qqisi Katta Ararat tog’idir (5165 km). Mamlakatning markaziy qismida Anatoliya yassitog‘ligi, janubda Tavr tog‘lari, shimolda Pont togiari joylashgan. Asosiy daryolari: Frot, Dajla, Qizil Irmoq. Yirik ko‘llari: Van, Tuz (sho‘r koilar). Turkiyada ko’mir, temir rudasi, xrom, mis konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 30% ini, o‘rmon va to’qaylar 26% ini, yaylov va o’tloqlar 12% ni tashkil etadi. Iqlimi — subtropik, g’arbiy va janubiy sohillari O‘rtayer dengizi iqlimiga xos, mamlakat ichkarisida kontinental. Turkiyaning florasi boy bo‘lib, unda o‘simliklarning 6700 turi uchraydi. Shularning uchdan bir qismi Turkiya hududidan boshqa joyda uchramaydi Ohu, to‘ng‘iz, qoplon, ayiq, bo‘rsiq, muflon, kemiruvchilar, Kichik Osiyo qora iloni, O‘rtayer dengizi toshbaqasi, kaltakesak, agamalar hayvonot dunyosining asosini tashkil etadi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga 75 ta viloyat kiradi. 1923-yilning 29-oktabridan respublika hisoblanadi (avval — Usmoniylar imperiyasi). 29-oktabr milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i), Prezident Kengashi va Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament Buyuk millat majlisi amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: To’g’ri yo‘l partiyasi, Sotsial-demokratik xalq partiyasi, Vatan partiyasi.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Turkiya hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kiradi. Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: tog‘-kon (ko‘mir, xromit, mis, bor), metallurgiya, neft, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish. Qishloq xo‘jaligida (YIM — 18%) tamaki, paxta, donli o’simliklar, dukkaklilar, sitruslar, qandlavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Turkiya oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi qoplaydi. Turizm rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, AQSH. Rossiya, Buyuk Britaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 8401 km, avtomobil yollari — 49615, ichki suv yo‘llari — 1200 km. Asosiy portlari: Istanbul, Izmir.    Tarixi. Hozirgi Turkiya hududida m. a. 1900-yilda Xett davlati, m. a. XII asrda Frigiya, m. a. VII asrda Lidiya davlatlari vujudga keladi. М. a. VI asrda bu hududlar forslar davlati, m. a. 333-yildan makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. М. a. II asrda Rim imperiyasi tarkibiga kiradi. V asrda hozirgi Turkiya hududlari Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. XI asrda Turkiya hududlarini saljuqiylar egallab, Egey dengizidan Turkistongacha bo‘lgan hududlarda ulkan imperiya tashkil qilinadi. XIII asrning oxirida Saljuqlar davlati bir nechta kichik davlatlarga bo’linib ketadi. XIV asrda Usmoniylar barcha kichik davlatlarni birlashtirishga erishadi. 1453-yilda Vizantiyaning poytaxti Konstan- tinopol (Istanbul) zabt etiladi. Sulaymon davrida (1520-1566) Usmoniylar Janubiy Yevropa, 0‘rta Sharq va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari)ni bo‘ysundiradilar. XVII asrning boshlarida Usmoniylar davlati o‘z qudratini yo‘qota boshlaydi va Bolqon hamda Arabiston yarimorollaridagi ozodlik kurashlariga yetarli qarshilik ko‘rsata olmaydi. XIX asrning oxiri XX asr­ning boshlarida Usmoniylar imperiyasi hudud jihatidan ancha qisqaradi. I jahon urushidan so‘ng Usmoniylar davlati barcha mustamlakalaridan ayriladi. Sulton Mahmud VI tomonidan imzolangan Sevr shartnomasidan (1920) norozi boigan Mustafo Kamol 1918-yilda Turkiyaga bostirib kirgan yunon qo‘shinlariga qarshi kurashni boshlaydi. 1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e’lon qiladi va 1938-yilga qadar mamlakatni boshqaradi. Ikkinchi jahon urushi davrida Turkiya o‘z neytralitetini e’lon qiladi. 1959-yilda Kipr mojarosi natijasida turk-yunon munosabatlari yomonlashadi. 1974-yilda Turkiya qo‘shinlari tomoni­dan Kipr orolining bir qismi bosib olinishi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Iqtisodiy inqirozlar natijasida 1971 va 1980-yillarda harbiylar hokimiyatni egallashadi. Hozirgi kunda Turkiya hukumatining asosiy muammolaridan biri mustaqil Kurdiston davlatini tuzishga harakat qilayotgan kurdlar masalasidir.