Turkman

Turkman — o’zbek urug’laridan biri. Turkman hozirgi Turkmaniston hududida yashovchi Turkman xalqidan til, antropologik tuzilishi va etnik tarkibi bilan farq qilgan. O’zbek Turkmanlari keyingi ming yillar davomida Nurota tog’ etaklarida shakllangan. Turkman 2 katta guruh (yigirma to’rt ota va besh ota manqishlov)ga, bu guruhlar ham, o’z navbatida, bir necha qabila va urug’larga bo’lingan. Turkmanlar chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar.