Turkmaniston universiteti

Turkmaniston universiteti, Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1950 yil Ashxobodda pedagogika instituti asosida tashkil etilgan. Matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, filologiya, huquq, pedagogika va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 10 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi. «Ilmiy axborotlar» nashr etadi (1954 yildan).