Turshak

Turshak — danagi bilan oftobda kuritilgan o’rik. Danagi etidan qiyin ajraladigan, bargakka yaroqsiz, mayda o’rik navlari (Qandtak, Boboiy, Oqnuqul va b. mevalari) T. qilinadi. Hosil yig’ilgach, tozalanib yuviladi, savat yoki bordonlarga yoyib, kuritiladi. Har 4-5 kunda ag’darib turiladi. 8-15 kunda qurib, T. bo’ladi. Ayrim joylarda T.ga Kurt tushmasligi uchun o’rikni quritishga tayyorlashda uni savati bilan anjir barglari solingan qaynoq suvga bir muddat botirib olinadi. Oltingugurt bilan (har 1 kg mevaga 2-2,5 g dan) 1,5—2 soat mobaynida dudlab quritilganda rang kiradi, sifati ortadi. T. tarkibida 40— 90% qand, 1,2—6,9% kislota bor.