Tursunov Orif

Tursunov Orif (1912 — Toshkent — 1986.14.1) — hujjatli kino operatori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). 193032 y.lar kinostudiyada yorituvchi bo’lib ishlagan. Faoliyatini 1935 y. O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida operator yordamchiligidan boshlagan. 1937 y.dan kinoxronika va hujjatli filmlar operatori. Respublika hayotiga oid bir kancha kinosyujetlar muallifoperatori. «O’zbekiston dekadasi», «Tinchlik va do’stlik kinofestivali», «Vetnam, mening Vatanim», «oq oltin mashaqqati» kabi to’la metrajli, «Bizning kunlar dutonalari», «Toshkent bahori», «ikki ko’cha» kabi kiska metrajli filmlar shular jumlasidan. 60-y.lardan muallifrej. sifatida ham faoliyat ko’rsatdi. «Ilg’or mahallasi», «Yunus Rajabiy», «Oqqo’rg’on reportaji», «g’o’zani o’g’itlash» va b. hujjatli filmlarni yaratgan.