Tursunov Sayfuddin Yunusovich
Tursunov Sayfuddin Yunusovich (1939.28.2, Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug’qishlog’i) — terapevt olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari dri (1981), prof. (1983). Andijon tibbiyot intini tugatgan (1962). Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida ordinator (1962-64), assistent (1964-68), kurs mudiri (1968-70), kafedra mudiri (1975-98), pediatriya FTI terapiya kafedrasi mudiri (1970-72), gospital terapiya kafedrasi dosenti (1972-73), endokrinologiya kafedrasi kurs mudiri (1973-75), 1998 y.dan ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri. Ilmiy faoliyati yurak, qontomir kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o’rganish, ularning oldini olish va asoratlarini yo’qotishga oid. T. profilaktik (priventiv) kardiologiya maktabi asoschisi. T. darslik, o’quvmetodik qo’llanmalar muallifi.