Tursunxo’jaeva Munira Sa’dullaevna

Tursunxo’jaeva Munira Sa’dullaevna (1921.19.11 — Toshkent — 1976.7.4) — terapevt, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968). Tibbiyot fanlari dri (1956), prof. (1957). S. Tursunxo’jaevning qizi. Toshti ni tugatgach (1941), shu int gospital terapiya klinikasida ordinator (1941-44), davolash FTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent (1944-51), dosent (1951-57), prof. (1957-60), stomatologiya FTI ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1960-69), davolash FTI gospital terapiya kafedrasi (1969-71), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi (1971-76) mudiri. Ilmiy ishlari O’rta Osiyoning issiq iklim sharoitida uchraydigan ichak kasalliklari, ateroskleroz va b.da moddalar almashinuvining o’zgarishlarini o’rganishga hamda geriatriya va gerontologiyaning turli dolzarb masalalariga oid. Toshkentdagi tibbiyot kollejlaridan biriga T. nomi berilgan. As: K vitaminoterapii ateroskleroza v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.