Turumtoy

Turumtoy (Falco columbarius) lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 80 santimetrcha. Narining usti to’q kulrang, qorni sarg’ish, modasining usti ko’ng’ir. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikaning o’rmon va o’rmon tundra qismida, shuningdek, Osiyo cho’llarida tarqalgan. O’rta Osiyo, Hindiston, O’rta dengiz atrofida qishlaydi. O’rta Osiyoda Markaziy Osiyo Turumtoyi kenja turi o’troq yashaydi. Qoyalarga uya quradi, ba’zan daraxtlardagi eski inlardan foydalanadi. 3-5 ta tuxum qo’yadi. Asosan, mayda qushlar, kamdankam kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi.