Tushpa

Tushpa — Van ko’li (Turkiya) Sharqiy sohilida joylashgan qadimgi shahar, Urartu davlati poytaxti (miloddan avvalgi 9-6- asrlar). Tushpaning qal’a qismi baland qoya ustiga qurilgan. Podsho Menua davrida (miloddan avvalgi 9-asr oxiri) tog’ buloqlaridan shaharga kanal o’tkazilgan. 1916 yil I. A. Orbeli qoyatoshning Janubiy yon bag’ridan podsho Sarduri II (miloddan avvalgi 8-asr o’rtasi) yilnomasi bitilgan katta ustun (stela) ni topgan. Tushpa ossuriy yozma manbalarida bir necha marta qayd etib o’tilgan. Miloddan avvalgi 735 yil ossuriyaliklar shaharni vayron qilishgan bo’lsada, qal’ani egallay olishmagan. Miloddan avvalgi 7-asrda podshoh qarorgohi Tushpa tarkibiga kiruvchi Tuproqqal’aga ko’chirilgan. Qal’a miloddan avvalgi 6-asr boshida midiyaliklar tomonidan vayron etilgan, lekin Axomaniylar davrida qal’ada hayot davom etgan.