Tushuncha
Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. T. bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga ko’tarila borib, eski T.larni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. T.ning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni T. da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan T.lar bilan ish ko’radi, ularda bilimlar jamlanadi. T. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida to’g’ridanto’g’ri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. T. ning shakllanishi so’z bilan bog’liq. Ular o’rtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til o’rtasidagi bog’lanishning aniq tarzda namoyon bo’lishidir. T.lar so’z va so’z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday T. — abstraktsiyadan iboratdir, bu hol T.da voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa T. yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yo’li bilan chuqurroq bilib olinadi. T. larning o’zaro aloqadorligi va bir-biriga o’tib turishi dialektik mantiqning T. haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.