Tuslanish

Tuslanish (tilshunoslikda) — fe’lning shaxsson shakllarida o’zgarishi: o’qiyapsan, o’qiyapti(lar); shart maylining T. shakli: kelsam, kelsang, kelsa, kelsak, kelsangiz, kelsa(lar) va b. Tuslangan fe’l shaklida xarakatni bajaruvchi shaxs ifodalanadi. Harakatning bajaruvchisi so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zga shaxs bo’ladi. Bir affiks bajaruvchining miqlorini ham ko’rsatgani uchun u shaxsson affiksi deyiladi. 1shaxs tuslovchisi harakatning bajaruvchisi — so’zlovchining o’zi ekanligini, 2shaxs tuslovchisi esa so’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs — tinglovchi ekanini bildiradi. Ular faqat kishilarga nisbatan ishlatiladi. Bunda ega kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi va u yashirinib kelishi ham mumkin. Mae: ezdim — yozdik, yozding — yo’zdingiz. 3shaxs tuslovchisi nutqsa qatnashmagan, lekin nutq o’zi to’grisida bo’lgan shaxsni ko’rsatadi. Bu shakl kishilarga va predmetlarga birday qo’llangani sababli ko’pincha eganing bo’lishini taqozo etadi: ketdi — u ketdi. Anvar ketdi. Poezd ketdi. Fe’llar ham T. tizimiga bo’lgan munosabatiga qarab 2 asosiy guruhga bo’linadi: tuslanishli fe’llar, tuslanishsiz fe’llar. Tuslanishli fe’l albatta shaxsson jihatdan shakllangan bo’ladi. Biroq shaxsson ko’rsatkichlariga egalikning o’zi tuslanishli fe’l deyish uchun asosiy belgi bo’la olmaydi. Maylning biror turiga mansub bo’lishlik T. li fe’lning asosiy belgisidir. T.li fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Bunday fe’llar shaxs ma’nosiga egaligi tufayli yakka holda ham mustaqil gapni tashkil eta oladi. Mas., Keldi (u keldi). Shu xususiyatiga ko’ra, T.li fe’l predikativlikka moslashgan fe’l shakli g’isoblanadi. Tuslanishsiz fe’l T. tizimiga ega bo’lmaydi, mayl, shaxsson, zamon ma’nolarini ifodalay olmaydi va shu ma’nolarni ifodalovchi shakllarga xam ega bo’lmaydi. Bular harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh shakllaridir. Ilhom Madrahimov.