Tutash idishlar

Tutash idishlar — pastki tomonlari o’zaro Birlashgan idishlar. Idishlarning qanday shakldaligidan qat’i nazar ular bir xil suyukdik bilan to’ldirilsa, ikkala idishda ham suyukdik sathi birday bo’ladi. Agar idishlar har xil suyuqliklar bilan to’ldirilsa, zichliklari turlicha bo’lganligi uchun ularning sathi har xil balandlikda joylashadi, chunki balandlik zichlikka teskari mutanosib (rdqr2/G2; bunda r, va R2 — zichliklar, G’g, va G’g2 — balandliklar). Agar Tutash idishlarning bir tirsagi berk bo’lsa, suyuqliklar satxlari orasidagi farq o’sha berk tirsakdagi bosimga boglik bo’ladi. Manometrlar, bug’ qozonlarining suv o’lchash asboblari, suyukdiklarning zichligini o’lchash asboblari va boshqa asboblarda qo’llanadi.