Tutuq

Tutuq — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvon. Qad. turk bitiktoshlari, Xitoy, Sug’d manbalarida uchraydi. T. Turk xoqonligida harbiy ma’muriyat boshlig’i uchun qo’llanilgan bo’lib, xitoycha Dudu — voliy, viloyatning harbiy hokimi so’zidan olingan deb hisoblanadi. Lekin, ba’zi tadqiqotchilar, shu jumladan, o’zbek olimlari T. unvoni tutmok, fe’li asosida shakllangan unvon ekanligini ta’kidlashadi. Urxunenisey bitiktoshlarida O’ng T., Buqay T., El To’g’on T., Alp Urungu T., Cho’kul T., Kunch T., singari amaldorlar nomi aks etgan. Bitiktoshlarda qayd etilishicha, xoqonlik bo’ysundirilgan k,abilalarga T.lar tayinlagan. Turk xoqonligi davrida Fargona vodiysida T. unvonli sulola bo’lgan. Mug’kala hujjatlarida Sug’d hukmdori Devashtichning 719 y.da Turk xoqoniga, Shosh tuduni va Farg’ona qukmdoriga yordam so’rab yuborgan maktubini eltgan Fatufarn ismli elchi Devashtichga yozgan xati bo’lib, unda Fatufarn «xoqonga va Farg’ona xukmdoriga yozilgan nomani Fargona tutug’iga topshirdim», deb qayd qiladi. Bu esa 7-8-a.larda Farg’onada ixshidlar boshqaruvi bilan birgalikda T.lik boshqaruvi ham mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Shuningdek, 7-8-a.larga oid Quva tangalari orasida suhiy yozuvda «alpu xoqon tutuq» iborasi aks etgan tangalar uchraydi. Bundan Farg’ona T. larining Turk xoqonlari nomidan pul zarb qildirganliklari ayon bo’ladi. Uyg’ur xoqonligi davrida xoqonlardan biri Xitoyga T. unvonli noib tayinlaydi. Arab geograflari asarlarida 10-a.da Irtish bo’yida yashovchi kimak nomli turkiy qabila hukmdorining unvoni T. deb qayd etiladi. Ad.: Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992. G’aybulla Boboyorov.