Tuxmak
Tuxmak (Sophora) — dukkakdoshlarga mansub doim yashil yoki barg to’kadigan daraxtlar, butalar va ko’p yillik o’tlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60 ga yaqin turi o’sadi. O’zbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya bo’lgan 1 turi — yapon Tuxmakgi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi. Balandligi 25-30 metrga boradi. Novdalari tikanli, barglari spiral shaklida joylashgan, uzunligi 2— 5 santimetr. Gullari 2 jinsli, och sariq, xushbo’y, to’pguli shingil, yarim soyabonlar yoki taramlarga joylashgan. Tez o’sadi. 51-7 yildan boshlab gullab, meva beradi. Tuxmak iyun— iyulda gullab, sentabrda mevasi yetiladi. Mevasi dukkak. Yog’ochi qattiq, undan mebellar, turli buyumlar ishlanadi.