Tuxum

Tuxum — 1) urg’ochilik jinsiy hujayrasi (q. Tuxumhujayra); 2) tarkibida barcha oziq moddalarga ega bo’lgan parranda mahsuloti. Iste’mol uchun, asosan, tovuq, bedana, tsesarka T.lari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) T.lariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan T. lar parhez T. hisoblanadi. Tovuq T.da 26% quruq modda, shu jumladan, 12-13% protein, 12% lipidlar (lipidlarning 99% sarig’ida to’plangan), 1% uglevodlar, 1% mineral moddalar bor. T. oqsili (Okligi)ning 60% almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizosim) va glikoproteidlar (avidin) dan iborat. T. sarig’i (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bog’liq. Uning o’rtasida urug’langan embrion diski joylashgan. Shuningdek, T. tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, lesitin, fosforli yog’lar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, E, D va b. vitaminlar bor. Koloriyaliligi bo’yicha o’rtacha semizlikdagi mol go’shtiga teng keladi va yaxshi singadi. Jo’ja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik T.lari tanlab olinadi. Odatda, tovuq T.i 55-65, kurkaniki 70-100 g, o’rdakniki 70-90 g, g’ozniki Po— 180 g. bo’ladi. T. uzok, vaqt saklanadigan bo’lsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yo’li bilan konservalangan tuxum massasi) va T. kukuni tayyorlanadi. Melanji 8-10 oy, T. kukunini 2 yil saklash mumkin.