Tuyamo’yin GES

Tuyamo’yin GES – Duyamo’yin gidrouzelida qurilgan. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining «O’zsuvenergo» ixtisoslashgan birlashmasi tarkibida. Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak sh. yaqinida joylashgan. Toshkent sh.dagi «Gidroproekt» loyiha inti loyixasi asosida qurilgan. 1983 y.da ishga tushirilgan. Styada Tuyamo’yin suv omborida to’planadigan suvning Daryo o’zaniga tashlanadigan qismini turbinalardan o’tkazib arzon va ekologik toza energiya olinadi. Stya Tuyamo’yin gidrouzeli to’g’onining pastida joylashgan, unda SanktPeterburg sh.dagi «LMZ» korxonasida ishlab chiqarilgan 6 ta gidroturbina va Ekaterinburg sh.dagi «Uralelektrotyajmash» korxonasida tayyorlangan har birining quvvati 25 ming kilovatt bo’lgan gidrogeneratorlar o’rnatilgan. GESning ishlash rejimi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan o’rnatiladigan irrigasiya rejimiga bo’ysundirilgan. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasi miqdori Amudaryoda yil davomida quyi qismga etib keladigan suv mikdoriga bog’liq, yiliga o’rtacha 400-600 mln. kVt soatni tashkil etadi. Hosil qilingan elektr quvvati O’zbekistonning yagona energetika tarmog’iga uzatiladi. Hikmat Lutfullaev.