Tuyaqushlar

Tuyaqushlar (Struthioniformes) ko’krak tojsiz qushlar turkumi. 1 oila, 1 urug’va 1 turi — Afrika tuyaqushi bor. Hindiston, Xitoy, Mongoliya, Eron, Ukraina va Gresiyadan qazilma qoldiqlari ma’lum. Hozirgi Afrikada 3 kenja turi tarqalgan. Bo’yi 270 santimetr, og’irligi 80-90 kilogram. Ucholmaydi; oyoqlari baquvvat; ko’rish, eshitish organi yaxshi taraqqiy etgan; soatiga 70 kilometrgacha yuguradi. Uyasini yerga yasaydi; 7— 9 ta tuxum qo’yadi. Tuxumi yirik, uzunligi 150 millimetr, og’irligi 1,5, ba’zan 2 kilogrammgacha. Tuxumini kechasi nari, kunduzi modasi 40 kun bosadi. 3 yoshda voyaga yetadi. Asosan, o’simliklar, hasharotlar, mayla umurtqali hayvonlar bilan oziqlachadi. Go’shti va tuxumi mazali; patlami chiroyli. Bir qancha mamlakatlarda tutqunlikda ko’paytirilmoqda.