Tug’ma tabiiy metallar

Ma’nosi

Tug’ma tabiiy metallar – rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va boshqalar); odatda, ularning o’lchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini o’lchamidan keskin farq qiladi. Tug’ma tabiiy metallar kam uchraydi va massasi, odatda, 1 grammdan ortiq bo’ladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: «Xolterman plitasi» — uning og’irligi kvars bilan birgalikda 285 kilogramm bo’lib, unda sof oltin massasi 83,3 kilogramm va «kutilgan notanish» — og’irligi kvars bilan birgalikda 70,9 kilogramm, sof oltin — 69,6 kilogramm. Yirik sof tug’ma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kilogramm) va sochmalarda (9,639 kilogramm) topilgan. Sochmalarda Tug’ma tabiiy metallarning ko’p qismi ruda hosil bo’lish jaraenida gidrotermal eritmalarda hosil bo’lgan deb hisoblanadi.

O‘xshash so‘zlar

T harfi: barcha so‘zlar