Tyuyamunit
Tyuyamunit, tuyamuyinit (Farg’ona vodiysi Tuyamuyin koni nomidan) — uranli slyudalar guruhiga mansub mineral. Uran manbai. Kimyoviy tarkibi Ca[(UO2)2V2Og]58,5H2O. Romb singoniyada kristallanadi. Mayda tangachalardan iborat tuproqsimon massa holida bo’ladi. Tog’jinslari bo’shliqlarida qobiq va gardlar shaklida ham uchraydi. Sariq, ba’zan yashil, qig’ish rangda tovlanadi. Mo’rt. Qattiqligi 2, zichligi 4,3 g/ sm3. Kuchli radioaktiv. Uran minerallari mavjud bo’lgan konlarning oksidlanish zonasida hosil bo’ladi. Karnotit, vanadat, barit, gips va boshqalar bilan assotsiasiyada uchraydi.