UAGADUGU
UAGADUGU — Burkina-Faso poytaxti. Qora va oq Volta daryolari oralig’idagi platoda, 300 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi subekvatorial, quruq iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 24,4°, iyulniki 31,5°. O’rtacha yillik yog’in 880 millimetr. Aholisi 709,7 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Paxta tozalash, to’qimachilik, oziq-ovqat korxonalari, poyabzal fabrikasi, shina va tsement zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Tayyor qismlardan velosiped va mototsikllar yig’iladi. Gilam to’qiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Universitet (1969), ilmiy tadqiqot markazi, tropik o’rmon texnik markazi va boshqalar bor. Uagaduguga 15-asrda asos solingan. 19- asr oxirigacha mos xalqi davlatlaridan birining poytaxti. 1919-32 va 1947— 60 yillarda Frantsiyaga qarashli yuqori Voltaning ma’muriy markazi. 1960 yildan mustaqil Burkina-Faso Respublikasi poytaxti.