UCHAR BALIQLAR

UCHAR BALIQLAR (Exocoetidae) sargansimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uzunligi 15-50 santimetr. Jag’lari qisqa, ko’krak va ayrimlarida qorin suzgichlari uzun. 7 urug’i, 60 dan ortiq turi tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan. Ba’zan to’da hosil qiladi. Suv ustida uchish xususiyatiga ega (nomi shundan). Xavf sezganda suvdan 10 metrgacha balandlikda 200 metr, ba’zan 400 metr masofaga uchib boradi. Atlantika, Hind va tinch okeanlarining tropik hamda subtropik qismida yashaydi. Yapon uchar balig’i, oddiy uzunqanot kabi turlari bor. Planktonxo’r. Uvildiriqlarini suvo’tlar yoki boshqa narsalarga yopishtirib qo’yadi. 1-24 ming uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.