UCHLAMCHI SISTEMA
UCHLAMCHI SISTEMA (davr) yer geologik tarixida kaynozoy erotemasining birinchi davri. «Uchlamchi sistema» terminini 1759 yil italyan geologi Arduino taklif etgan. Uchlamchi sistema yotqiziklari mezozoy erasining bo’r davri jinslari ustida joylashgan bo’lib, antropogen (to’rtlamchi) davri jinslari bilan qoplangan. Hozirgi vaqtda 2 mustaqil — neogen va paleogen sistemalariga ajratilgan; ilgari bu davrlar Uchlamchi sistemaning bo’limlari hisoblanardi.