UCHUNIQ

UCHUNIQ — bir qancha kasalliklarning boshlang’ich belgisi. Ko’pincha kasallikning 3—4-kuni namoyon bo’ladi. Bemorning a’zoi badani zirqirab og’rishi, gavda temperaturasining goh ko’tarilib, goh pasayishi, lab va burunga uchuq (ba’zan quloqlarga toshma) toshishi bilan kechadi. Shu sababli xalqda bu holat Uchuniq deb ataladi. Aksariyat kishilar Uchuniqni oyoq uchida o’tib ketadigan xastalik deb qaraydilar. Natijada Uchuniq boshqa kasalliklarning avj olishiga sabab bo’ladi. Kishi uchunganida vracha murojaat etishi zarur.