UDAYPUR

UDAYPUR — Hindistonning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, aravali tizmasi yon bag’rida, Rojasthon shtatida. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Kimyo, shakarqand, tsement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Kustar usulda matolar, to’r to’qiladi. Udaypur yaqinida fosforit va mam- lakatda yagona qo’rg’oshinrux rudalari konlari bor. Shahar tabiiy va sun’iy ko’llar bilan o’ralgan. 16-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan.