Uganda iqlimi
Uganda iqlimi—ekvatorial, mussonli. O’rtacha oylik tra yil davomida 18,5°dan 22°gacha. Yillik yog’in 750-1500 mm. Ko’l va daryo ko’p, shu jumladan, Afrikadagi eng katta Viktoriya ko’lining shimoliy qismi Ugandaga qarashli. Daryolarining kupi Nilga quyiladi. Tuproqlari, asosan, qizilferralitli, qurg’oqchil joylarda esa temirli qizilqo’ng’ir tuproq. Ugandada savanna, tog’ o’tloqlari ko’p, ayrim joylarda barg to’kuvchi va doim yashil o’rmonlar saqlanib qolgan. Ularda daraxtlarning 400 ga yaqin turi, jumladan, qimmatbaho nav daraxtlar o’sadi. Hayvonot dunyosida fil, jiraf, Arslon, leopard, begemot, buyvol, zebra, kiyik, maymun kabi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (timsoh, ilon), hasharotlar bor, baliq ko’p. Kobarega, Ruvenzori milliy bog’lari va qo’riqxonalar tashkil etilgan. Aholisining 99% dan kuprogi Afrikaliklar. Ular orasida eng ko’pi bantu tillari guruhiga mansub xalqlar (ganda, soga, nyankole, gishu, nyaruganda va boshqalar) bo’lib, mamlakat markazi va Janubda, nilot xalqlari (turkona, lango, acholi va boshqalar) shimolda yashaydi. Rasmiy tillar — Suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 12,5%. Aholining 65% — katolik va protestantlar, 15% — musulmonlar; qolgan qismi mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kampala, Jinja, Mbale. Tarixi. Uganda hududida odam quyi Paleolit davridan yashay boshlagan. Milodiy 1-ming yillikda Kongo g’arbidagi o’rmonlardan kelgan bantular va shimoliy sharqdan kelgan kuchmanchi nilot kabilalari Uganda aholisining uzagini tashkil etgan. 13-14-asrlarda (ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 10-11-asrlarda) ko’llar oralig’ida ilk Kitara davlati paydo bo’lgan. 16-asrda Uganda bir necha mustaqil daylatlar (Unoro, Nkore, Toro va boshqalar)ga parchalanib ketgan. 19-asrning o’rtalarida 14-asrda tashkil topgan buganda davlati kuchaydi. 19-asrning 60-yillarida bu yerga yevropaliklar suqilib kira boshladi. Ular mahalliy qabila va diniy jamoalar o’rtasida nizo va urush chiqarish yo’li bilan ularni zaiflashtirib, o’z ta’sir doiralariga o’tkazib oldilar. 1890 yil Angliya—Germaniya shartnomasiga binoan, Buyuk Britaniya Buganda va butun Uganda hududida bemalol harakat qilish huquqini oldi. 19-asrning 90-yillari — 20-asr boshlarida bu davlatlar ustidan Britaniya protektorati o’rnatildi, ular Uganda protektoratining Muxtor Provintsiyalariga aylandi. 1-jahon urushi boshlangan paytda Buyuk Britaniya butun Uganda hududini zabt qilib olgan edi. 20— 30-yillarda boshlangan ozodlik harakati 2-jahon urushidan keyin ayniqsa avj oldi. 1952 yil Uganda Milliy Kongress siyosiy partiyasi tuzildi. Bu partiya 1953-55 yillarda Buyuk Britaniyaning o’z mustamlakachilik hokimiyatini mustaqkamlash maqsadida Uganda, Keniya va Tanganikadan iborat Sharqiy Afrika Federatsiyasiga birlashtirish yo’lidagi urinishlariga qarshi ommaviy harakatga rahbarlik qildi. 1962 yil 9 oktabrdan Uganda mustaqil davlat. Kabaka (vorisiy hukmdor) Mutesa II davlat boshlig’i bo’lib qoldi. 1967 yil Milton Obote prezident bo’ldi. 1971 yil 25 yanvarda general idi Amin boshchiligida harbiy to’ntarish bo’lib, Obote lavozimidan olib tashlandi. Milliy Majlis va hukumat tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1971 yil fevraldan I. Amin prezident deb e’lon qilindi. Iqtisodiyotni «ugandalashtirish», qishloq xo’jalikni isloh qilish yo’li boshlandi, armiya 3 baravar ko’paytirildi. Ammo bu siyosat qiyinchilikka uchradi, eksport va import izdan chikdi, ekin maydonlari qisqardi, ishsizlik kuchaydi, norozilik oshdi. 1979 yil Moshi (Tanzaniya) da Milliy ozodlik fronti (MOF) tuzildi. Amin armiyasi Tanzaniyaga hujum qilganida MOF otryadlari Tanzaniya armiyasi yordamida Amin armiyasini tor- mor etdi. MOF muvaqqat hukumat tuzdi. 1980 yil 10-11 dekabrda Milliy Majlisga saylov o’tkazildi, unda Uganda Xalq Konfessi g’alaba qildi, partiya rahbari M. Obote yana prezident bo’lib qoldi. Hukumat «bozor munosabatlari» usullarini joriy etib, mamlakatni mushkul ahvodsan olib chiqish choralarini ko’rdi. 1985 yil harbiy to’ntarish bo’lib, M. Obote lavozimidan olib tashlandi. Harbiy kengash davlat hokimiyatining oliy organiga aylandi. 1986 yil Uganda Milliy qarshilik ko’rsatish armiyasi rahbarlari hokimiyatni qo’lga oldilar. 1996 yil prezident va parlament saylovlari o’tkazildi. 2000 yil 29 iyundagi referendumda aholi ko’p partiyali tizimga qarshi chiqdi va prezident Y. Museveni boshchiligidagi «harakat» siyosiy tashkilotigina mamlakatga rahbarlik qilishini yokdadi. An’anaviy partiyalarga ruxsat berilgan, ammo ularning faoliyati cheklab qo’yilgan. Yangi partiyalar tuzish taqiqlangan. Uganda 1962 yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 9 oktabr — Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. «Harakat», siyosiy tashkilot, milliy qarshilik ko’rsatish harakati asosida 1998 yil tuzilgan; demokratik partiya, 1956 yil asos solingan; konservativ partiya, 1979 yil tashkil etilgan; u. xalq Kongressi, 1960 yil tuzilgan. U kasaba uyushmalari milliy tashkiloti, 1974 yil tashkil etilgan, 16 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotining a’zosi. Xo’jaligi. Uganda — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi 44%, sanoatning ulushi 17%. Qishloq xo’jaligi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi bo’lgan qishloq xo’jalikda mehnatga layoqatli aholining 80% dan ko’prog’i band. Dehqonchilik uchun yaroqli bo’lgan 4 mln. gektarning 1/3 qismidangina foydalaniladi. Asosan, kofe, kakao o’stiriladi, paxta, choy, shakarqamish, tariq, oq jo’xori, makkajo’xori, maniok, batat, banan, yams, tamaki va boshqalar ekiladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, cho’chqa boqiladi. Ko’llarda baliq ovlanadi; yog’och tayyorlanadi. Sanoatida konchilik asosiy o’rin oladi. Kilembeda miskobalt ruda koni va boyitish fabrikasi bor; volfram, apatit, ohaktosh va fosforit qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 795 mln. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi. Nil bo’yidagi OuenFole GES, Kilembedagi GES, kichik issiqlik va dizel elektr stansiyalari bor. Ishlab chiqarish sanoatida 10 dan ortiq odam ishlaydigan 800 ga yaqin korxona bor. Jinjada mis eritish va po’lat quyish, Tororoda asbosement, superfosfat, Ximada tsement zavodlari, turli joylarda oziq-ovqat (un, yog’, pivo, konserva), yengil (to’qimachilik, qog’oz, ko’npoyabzal, tikuv), yog’ochsozlik, farmasevtika, rezina- texnika, avtota’mirlash va yiguv (radiopriyomnik va sovitkich ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Muhim sanoat markazlari; Jinja, Kamlala, Mbale, lira. Temir yo’l uzunligi — 1,2 ming kilometr. Avtomobil yo’llari uzunligi — 27 ming kilometrga yaqin. Entebbeda xalqaro aeroport bor. Chetga kofe, paxta, choy, mis, charm va teri sotadi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari oladi. Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Niderlandiya, Keniya, Hindiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — Uganda shillingi. Tibbiy xizmati. Sog’liqni saqlash tizimi aralash: davlat davolash muassasalari bilan birga xususiy shyfoxonalar ham bor. Vrachlar Makerere universitetining tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Majburiy ta’lim yo’q. Boshlang’ich maktab 7 yillik. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. O’rta maktab 6 yillik: 4 yillik to’liqsiz va 2 yillik to’liq maktabdan iborat. Darslar, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Boshlang’ich maktabning 4 sindi negizidagi hunar texnika va qishloq xo’jalik maktablari, to’liqsiz o’rta maktab negizidagi o’rta texnika va qishloq xo’jalik kollejlari yoshlarga kasbhunar ta’limi beradi. O’qituvchilar kollejlari boshlang’ich maktablar uchun, Milliy pedagogika kolleji esa to’liqsiz o’rta maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlaydi. Kampaladagi Makerere universiteti (1922 yilda asos solingan, 1949 yildan universitet kolleji, 1970 yildan milliy universitet maqomini olgan) oliy ta’lim beradi, unda gumanitar, ijtimoiy fanlar, qishloq xo’jalik va o’rmonchilik, tabiiy fanlar, pedagogika fakultetlari mavjud. Tijorat va texnika kollejlari ham bor. Yirik kutubxonalari: universitet kutubxonasi (1940), 200 tarmoq kutubxonasidan iborat Birlashgan ommaviy kutubxona. Kampalada Uganda muzeyi va o’rmon muzeyi (1922), Entebbeda Geol. muzeyi, Botanika bog’i (1898), ovchilik va baliqchilik muzeyi, Akvarium va boshqalar bor. Ilmiy tadqiqotlar kampaladagi qishloq xo’jalik tadqiqot stansiyasi (1937), davlat kimyo laboratoriya, paxtachilik ilmiy tadqiqot stantsiyasi, Entebbedagi veterinariya tadqiqot markazi (1926), geologiya xizmati va mineral resurslar bo’limi, o’rmonchilik bo’limida olib boriladi. Universitet huzuridagi ijtimoiy tadqiqot instituti, Milliy ta’lim instituti (1964), Uganda jamiyati (adabiyot, tarix, madaniyat sohalarida), ayrim muzeylar va Botanika bog’ida ham ilmiy ishlar olib boriladi. U hududida Sharqiy Afrika mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalari: daryo baliqchiligi tashkiloti (1948, Jinja), tripanosomozlar tadqiqot tashkiloti (1949, Tororo) va virusologiya instituti (1949, Entebbe) ishlaydi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Ugandada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: «Ikveytor» («Ekvator», ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1981 yildan), «Mkombozi» («xaloskor», ingliz tilidagi oylik jurnal, 1982 yildan), «Munno» («do’stingiz», katoliklarning luganda tilidagi xaftalik gazeta, 1911 yildan), «Nyu viji» («yangi nuqtai nazar», hukumatning ingliz tilidagi haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1986 yildan), «Sitizen» («fuqaro» ingliz tilidagi haftalik gazeta), «Star» («Yulduz», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1984 yildan), «taifa empia» («yangi millat», luganda tilidagi kundalik gazeta, 1953 yildan). Uganda axborot agentligi hukumat agentligi bo’lib, Uganda 1972 yil tashkil etilgan. Uganda radiosi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Uganda televideniye xizmati tijorat xizmati bo’lib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi; 1962 yil tuzilgan. Adabiyoti. 20-asr boshlarida alifbo joriy etilgach, Uganda xalqlari tillarida adabiyot rivojlana boshladi. Ilk davrda M. Nsimbi, E. Kavere, A. Kaggva, G. Gmotoka va boshqalarning tarixiy qissa, sarguzasht romanlari, melodramalari paydo bo’ldi. 1948 yil «Istafriken literature byuro» nashriyoti tashkil etilishi bilan adabiyot rivojida yangi bosqich boshlandi. 50-yillarda O. P. Bitek (193 1-82) ning «Tishing oq bo’lsa, kulaver!»dostoni, I.V. Lubambulaning she’rlari, J. Kaddu, E. Kaverening romanlari, T. Bazzarabizening sarguzasht qissalari nashr etildi. Ingliz tilidagi adabiyot tez rivojlana boshladi. B. Kimene, A. Mazrui, R.Serumaga, X. O. Kuletaning hikoya va romanlari mashhur bo’ldi. T. Lo Liyong ko’p janrlarda barakali ijod qildi. 70— 90-yillar adabiyotida ijtimoiy o’tkir, dolzarb masalalar ko’tarilib chiqildi. P. Nazaretning «jigarrang rido ostida», B. Lubeganing «Xo’rlanganlar», O. Kulining «fohisha» romanlari bunga misoldir. She’riyatda vatanparvarlik ruhiyati, adolatsizlikdan norozilik kayfiyati kuchli. Me’morligi va tasviriy san’ati. Aksariyat xalq ommasi aylana tarxli xoda va novdalardan konussimon yasalib tomi poxol va o’t-o’lan bilan yopilgan kulbalarda yashaydi. Kulbalar yonida ag’darilgan savat shaklidagi to’qima donxonalar barpo etiladi. Qabila boshliqlari (kabakalar) ning daxmasi yo’g’on xodalardan konus shaklida yasaladi va poxol bilan qoplanadi. Dastlabki yevropacha (devorlari oqlangan va tomi 2 nishabli va cherepisali) turar joylar 1870-yillarda qurildi. Kampala va Entebbeda masjidlar, cherkovlar qad ko’tardi. 20-asrning 60-yillaridan yangi qurilish materiallaridan foydalanib uyjoy, maktab, kasalxona, sanoat inshootlari, ko’p qavatli ma’muriy binolar qurishga kirishildi. Ugandada badiiy hunarmandchilik orasida yog’och o’ymakorligi, kulolchilik ayniqsa rivojlangan. Mebel, cholg’u asboblariga naksh solinadi. Lub, qamish, palma tolasi, novda, poxol, o’t, papirusdan savat, bo’yra, qalqon, devor, turli idishlar yasaladi. 1936 yilda rassomlik maktabi tashkil etildi. Zamonaviy haykaltaroshlardan J. Kakoosa, G. Maloba, rangtasvirchilardan M. O. Buluma, I. Kalanzi, D. Sebegal, grafikachi rassom V. Envaki va boshqalar. Yevropadagi eng yangi oqimlar ta’sirida ijod qila boshladilar. Musiqasi qadimgi va boy an’analarga ega. Uganda xalqlarining tillari, urf-odatlari, turmush tarzi turlicha bo’lgani tufayli musiqasi ham xilma-xil. Har bir elatga xos ohanglar va usullar mavjud. Urf-odat, mehnat, marosim, sevgi qo’shiqlari, qahramonlarni madh etuvchi qo’shiqlar kabi janrlar rivojlangan. Davra bo’lib va yakka tarzda aytiladigan qo’shiqlar bor. Ko’pchilik xalklarning musiqasi pentatonikaga, oddiy va murakkab vazn o’lchovlariga asoslangan. Cholg’u asboblari: 8 torli Arfa (ennanga), 8 torli lira (endonga), 1 torli skripka (endigidi), kamon (sekitulege), nay, truba, baraban, chang va sh.k. Ugandada «Afrikaning yurak urishi» milliy folklor ansambli, Embayre changchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar bor. Tanikli musiqa arboblari: kompozitor J. Kgambiddva, sozanda E. Mulinda, xonanda J. Katumba, musiqashunoslar — B. Mubangizi, K. Sempebva va boshqalar. Musika kadrlarini Uganda milliy universitetining san’at fakulteti, milliy musiqa departamenti va milliy kollej tayyorlaydi. Teatri. 1-jahon urushidan keyin ingliz havaskorlik teatri ta’sirida Afrikaning o’ziga xos teatr san’ati vujudga keldi. 20-asrning 50-yillarida barcha havaskorlik to’garaklari teatr gildiyasiga birlashdi, uning tashabbusi bilan Kampalada milliy teatr binosi kurildi. Mamlakat mustakilligiga bag’ishlangan «Qora darvesh» spektakli (Ngugi Van Tiongo pesasi asosida) Uganda yarim professional teatri tarixini boshlab berdi. Mashhur jamoalari: birinchi professional jamoa «tietr Limited», «Afrika artistlari uyushmasi», «Kampala shahri artistlari» va boshqalar. Ularning repertuarida mahalliy mualliflar — Viklif kiyinja va Bayron Kanadva pyesalari bilan birga jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham bor.