UGORLAR

UGORLAR — til jihatdan qardosh bo’lgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (mad’yarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida so’zlashadi. 12-asrga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari «ugra», «ugor», Xanti va mansilarni esa, «Yugra» deb atalgan. Keyinchalik «Yugra» nomi, asosan, xantilarni anglatgan.