Ukraina kristalli qalqoni

Ukraina kristalli qalqoni — Sharqiy Yevropa platformasi Janubiy g’arbiy qismi fundamentining palaxsali ko’tarilishi. Dnepr daryosining o’rta va quyi oqimi bo’ylab cho’zilgan bo’lib, maydoni 200 ming km2 atrofida. Burmalangan fundament meridional chuqur yoriqlar bilan VolinPodolsk, belaya Tserkovodessa, Kirovfad, Dnepr oldi va Azov oldi bloklariga bo’lingan. Ukraina kristalli qalqoni katarxey granitgneyslari va turli shox aldamchisi — biotitli gneyslardan iborat. Bularga organik moddalarga boy jinslardan hosil bo’lgan fafit va fafitli gneys konlari yondashgan. Arxey qalin qatlamida asosli va o’ta asos jinslar hamda fanit intruziyalari bor. Krivoy Rog svitasining umumiy qalinligi 1500 metr bo’lib, qumtosh, kvarsit, fillit, talk, serisit, xloritli slaneslar va karbonat jinslaridan iborat. Ukraina kristalli qalqonining kristalli fundamenti joylarda kaynozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Ukraina kristalli qalqoniga Krivoy Rog temir rudali havzasi yondashgan. Qalqonni qoplagan tog’jinslari bilan Dneprovsk qo’ng’ir kumir havzasi, Nikopol marganes rudalari koni bog’liq.