Ulin (Ohlin) Bertil
Ulin (Ohlin) Bertil (1899.23.4, Klippan — 1979, Stokgolm) — shved iqtisodchisi va siyosat arbobi. Stokgolm oliy maktabi va Kopengagen universiteti (1924-29), Stokgolm oliy savdo maktabi (1929-65) professor. Shvetsiya savdo vaziri (1944-45). 1949-60 va 1969-70 yillarda Yevropa Kengashida, 1955-70 yillarda shimoliy kengashda Shvetsiyaning vakili. Shveysiya xalq partiyasi raisi (1944-67). Ulin «Mintaqalararo va xalqaro savdo» asarida E. Xeksher va P. Samuelson bilan birga ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti nazariyasiga asos soldi. U xalqaro savdo va xalqaro kapital harakati nazariyalariga ham katta hissa qo’shdi. Keyns qarashlarini rivojlantirgan holda davlat xususiy tadbirkorlar va monopoliyalar uchun qulay sharoitlar yaratib berishi mumkin bo’lgan mutanosib raqobat, monopoliya va davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini asoslab bergan. K. Vikseld va E. Lindalning izdoshi bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning «shved modeli»ni butunlay qo’llab-quvvatladi. Nobel mukofoti laureati (1977, J. Mid bilan birga). Ad.: Fomin B. S, Ekonometricheskie teorii i modeli mejdunarodnix ekonomicheskix otnosheniy, M., 1970.