Ulko Grigoriy Ilich
Ulko Grigoriy Ilich (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlog’i — 1999.8.4, Samarqand) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Xarkov rassomlik institutini tugatgan (1958). 1959 yildan Samarqandda. Ulkoning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda o’z aksini topdi («velosipedchilar», «Afsona», «birinchi reys», 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uyg’unlashib ketgan: «Panjakent freskasi», «Xalq ustasi A.Hazratqulov portreti» (1961), «Amu- Buxoro kanali quruvchilari» portretlar turkumi (1964), «usta U. Jo’raqulov portreti» (1965), «suv», «birinchi saflar» (1967); «Urgut tamakikorlari» (1971) va boshqalar. Ulko asarlaridan namunalar respublika muzeylari (jumladan, O’zbekiston davlat san’at muzeyi va boshqalar)da saqlanadi.