Ulomov Valentin Ivanovich
Ulomov Valentin Ivanovich (1933.7.1, Toshkent) — geofizik, seysmolog. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1984), fizika matematika fanlari Doktori (1974), professor (1982), O’rta Osiyo politexnika institutining geologiya razvedka fakultetini tugatgan (1958), Toshkent Markaziy seysmik stansiyasining mudiri (1960), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya institutida direktor o’rinbosari (1966-90), Toshkent zilzilasi oqibatlarini o’rganish va zilzilani bashorat qilish masalalari sohasida seysmologik tadqiqotlar olib borgan. Birinchi marta radon zilzila darakchisi ekanligini aniqlagan. O’rta Osiyoda Yer po’sti tuzilishi va dinamikasini zilzila bashorati nuqtai nazaridan o’rgangan. Ulomov 1990 yildan Moskvadagi yer fizikasi institutida ilmiy xodim, kontinental seysmik jarayonni o’rganish va seysmik rayonlashtirish laboratoriya mudiri (1991). Rossiyaning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasini tuzishga rahbarlik qilgan (1997). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Ad.: Dinamika zemnoy kori Sredney Azii i prognoz zemletryaseniy, T. 1974, Glubinnoe stroenie zemnoy kori yugo vostoka Sredney Azii, po dannim seysmologii, T., 1966.