Ultratovush nima?

To’xtovsiz harakatlanib turgan yoki turg’un holatdan predmet (tebranayotgan qo’ng’iroq yoki tor, sakratilayotgan koptok, uchayotgan qush, qulayotgan daraxt) o’z atrofiga prujinaday siqiq to’lqinlar yoki tebranishlar tarqatadi, ular havo orqali bizning qulog’imizga yetib keladi va biz ularni tovush tarzida qabul qilamiz. Inson yuqori chastotali tovushlarni, ya’ni ultratovushlarni yaxshi ajrata olmaydi. Biroq ayrim hayvonlar bu tovushlarni ham yuzaga keltiradi, ham qabul qiladi. Inson idroki sekundiga 16 dan tortib 20 000 tebranishgacha bo’lgan chastotali tarang —siqiq to’lqinlarni qabul qiladi. Bu raqamlarning birinchisi — 16 raqami quyi chastotali tovushlarni, ikkinchisi — 20 000 raqami — yuqori chastotali tovushlarni anglatadi. Chastotasi 20 000 tebranishdan oshgan tovushlar ultratovushlar deb ataladi va ularni inson quloqlari eshitmaydi. Lekin delfinlar, baliqlarning ayrim turlari va ba’zi bir hashoratlar ularni favqulodda tovushlar tarzida qabul qiladi. Ularning eshitish organlari shunday qurilgan. Ultratovushli lokatsiya signallarini ko’rshapalaklar ham tarqatadi. Predmetlardan aks — sado bo’lib qaytgan bu to’lqinlar ular tomonidan bir yo’nalishday qabul qilinadi: ya’ni bu hududga qarab uchish mumkin, narigi tomonga mumkin emas, chunki u tomonda devor bor qabilida. Darvoqe bizning eshitish imkoniyatlarimiz bilan ko’rshapalaklarning eshitish qobiliyati taqqoslab ko’rilsa, ular bizdan 5 — b baravar yaxshiroq, aniqroq eshita olishi ma’lum bo’ladi. Chunki ko’rshapalaklarning eng yuqori qabul qilishi chastotasi — sekundiga 120 000 tebranishni tashkil etadi!