Ulyanovsk

Ulyanovsk (1780 yilgacha — Sinbirsk, 1924 yilgacha — Simbirsk) — Rossiya Federatsiyasi Ulyanovsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga va Sviyaga daryolari bo’yida. Temir yo’l chorrahasi. Daryo porti (Kuybishev suv ombori). Aeroport bor. Aholisi 636 ming kishi (2002). Shahar 1648 yilda Sinbirsk istehkomi sifatida vujudga kelgan. 18-asr boshlaridan Kozon gubernyasida. 1780 yilda Simbirsk noibligiga asos solingan. 1796 yildan gubernya shahri. 19-asrda Volga bo’yidagi don, baliq, qoramol, yog’ochtaxta savdosi markazlaridan bo’lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati rivojlandi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviasiya sanoat majmui, «Avto UAZ» ishlab chiqarish birlashmasi; motor, og’ir va unikal stanoklar, «kontaktor» va boshqa zavodlar), qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 3 oliy o’quv yurti, 2 teatr, o’lkashunoslik, badiiy muzeylar, I.A.Goncharov tarixiymemorial muzeyi; tarixiy-memorial qo’riqxona bor. Me’moriy yodgorliklardan: gimnaziya (18-asr), Lenin memoriali binosi (1967-70) mavjud. V.I.Ulyanov (Lenin) nomiga qo’yilgan (Simbirskda tug’ilgan).