Umar Boqiy
Umar Boqiy (18-sr. oxiri Xiva 19- asr boshlari) — yozuvchi. Alisher Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarining nasriy variantlarini yaratgan. «Farhod va Shirin»ni asl matniga juda yaqin ifodalagan bo’lsa, «Layli va Majnun» bayonida matndan birmuncha chetga chiqqan. Umar Boqiy Navoiy dostonlarining g’oyaviy mazmunini, obrazlar xarakterini saklab, asliyatga nihoyatda yaqinlashtirgan. Dostonlarning muqaddima va xotima qismlarini tushirib qoldirib, xalq kitoblaridagidek, voqealarning asosan asar mazmuniga mos ravishda boshlanishiga erishgan. Asarlari Toshkentda toshbosmada chop etilgan (1909, 1910). As: Kulliyoti Farhodu Shirin, T., 1908; kitobi Majnun va Layli, T., 1909.