Umarov Sulton Umarovich

Umarov Sulton Umarovich (1908.1 1(24).8, Xo’jand 1964.6.5, Dushanba] — fizik olim, davlat va jamoat arbobi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), professor (1949). Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademik (1957). Tojikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1958). Samarqand Pedagogika akademiyasini tugatgan (1930). O’zbekiston universiteti dosenti va kafedra mudiri (1936 yildan). Toshkent pedagogika instituti direktori o’rinbosari (1941), O’rta Osiyo universiteti rektori (1942-43; 1945-50). O’zbekiston XKS raisining o’rinbosari (1943-45). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti nazariy fizika bo’limi mudiri (1950-56), shu institut direktori (1956-57). Tojikiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti (1957-64). Umarovning ilmiy ishlari kinetik nazariya, statistik va yadro fizikasi, fizik elektronika, yarimo’tkazgich asboblarning ishlash nazariyasi va fizikaning falsafiy muammolari masalalariga oid. As: Atom yadro energiyasi, T., 1965.