UMRA

UMRA — Islom an’anasida kichik haj. Umra Qur’on oyati va Payg’ambar (as) sunnati bilan sobit bo’lgan amal. Umrani yil — o’n ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Ka’bani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor o’ziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga u. qilishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga Umra qilayotgan bo’lsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun «Tan’im»(hazrat Oysha) masjidi miyqot hisoblanadi.