Umurtqa, umurtqalar
Umurtqa, umurtqalar — odam va umurtqali hayvonlar umurtqa pog’onasini tashkil etadigan kalta g’ovak suyaklar. Odamda Umurtqa tana, ravoq va o’siqlardan iborat. Umurtqa 33-34 bo’lib, bulardan 7 tasi bo’yin, 12 tasi ko’krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg’aza va 4-5 tasi dum Umurtqasidir. Dumg’aza va dum Umurtqalari keyinchalik (kishi 17-25 yoshga yetganda) o’zaro birlashib, bitta suyakni hosil qiladi. Umurtqa ravoqlarining birlashishidan vujudga kelgan kanalda orqa miya, Umurtqa atrofida esa muskullar joylashgan. Umurtqalarning o’zaro qo’shilishidan umurtqa pog’onasi tashkil topadi.