Undiruvchi sanoat, undirma sanoat
Undiruvchi sanoat, undirma sanoat — yer ostidan, suvdan va o’rmonlardan har xil xom ashyolar va yoqilg’ilar olish bilan shug’ullanuvchi sanoat tarmoqlari majmui. Undiruvchi sanoatning asosiy tarmoqlari foydali qazilmalar (kumir, neft, gaz, slanes, torf, temir rudasi, rangli, Nodir va asil metallar hamda noruda xom ashyolar) qazib olish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash, dengiz mahsulotlarini yig’ish, yog’och tayyorlash va boshqalar. Undiruvchi sanoat mahsulotlari, asosan, ishlov beruvchi sanoatda qo’llaniladi. Undiruvchi sanoat oziq-ovqat va sanoat xom ashyosi olishning muhim bazasi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti tufayli xalq xo’jaligida turli xil xom ashyoga bo’lgan talab muntazam oshib boradi, natijada Undiruvchi sanoatning yangi tarmoqlari vujudga keladi. Undiruvchi sanoatning taraqqiyot darajasi har bir mamlakatning tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy sharoiti bilan belgilanadi. O’zbekistonda Undiruvchi sanoatning barcha tarmoqlarida yirik texnika bazasi vujudga keltirilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida kumir, gaz, neft qazib olish rivojlandi. Ko’pdanko’p yangi-yangi xom ashyo konlari topildi. Undiruvchi sanoat xom ashyosi bazasida yirik sanoat majmualari (masalan, Olmaliq, Navoiy konmetallurgiya kombinatlari) faoliyat ko’rsatadi.