UNJA
UNJA — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo, Volganing chap irmog’i, Vologda va Kostroma viloyatlaridan o’tadi. Kema va Lundonga daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lib, Gorkiy suv omboriga quyiladi. Uzunligi 426 kilometr, havzasining maydoni 27,8 ming kilometr kvadrat. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Suv sarfi quyilish joyidan 50 kilometrda 160 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Yog’och oqiziladi. U. bo’yida makarev, Manturovo, Kologriv shaharlari joylashgan.