Uotson Jeyms Dyun

Uotson Jeyms Dyun (1928.6.4, Chikago, AQSh) — Amerakalik biokimyogar. Molekulyar biologiyaning asoschilaridan. AQSh fan va san’at akademiyasi a’zosi (1957). Chikago universitetini tugatgan (1947). Indiana, Kopengagen (1950-51), Kembrij (1951-53, 1955-56) universitetlarida, Kaliforniya texnologiya institutida (1953— 55), Garvard universitetida (1956 yildan) ishlagan. AQSh Prezidentining fan bo’yicha maslahatchisi (1962 yildan), Nyu-York shtatidagi Koldspringarbore laboratoriyasi direktori (1968 yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. F. Krik bilan hamkorlikda DNK molekulasining kush spiralli modelini ishlab chiqqan. Bakteriyalar ribosomalari va ularning oqsil biosintezidagi ahamiyatini o’rgangan. Viruslar strukturasini o’rganishga katta hissa qo’shgan. Nobel mukofoti laureati (1962 , F. Krik va M. Uilkinson bilan hamkorlikda).